Узбек O'zbek
«Manchester Siti» transfer taqiqi jazosidan qutulib qoldi
Seshanba, 13 Avgust
1950

FIFA intizom qo‘mitasi 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda xatoga yo‘l qo‘ygan «Manchester Siti» klubi ishi bo‘yicha qaror chiqardi.

Tashkilot «shaharliklar»ning o‘z aybiga iqror bo‘lganini inobatga olib, transfer taqiqi bilan jazolamadi va faqat 370 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortdi.

2017 yil sentyabr oyida FIFA «Manchester Siti»ni yosh futbolchilar transferini amalga oshirishda qoida buzganlikda gumonlab, intizomiy ish ochgan edi.

O‘sha yilning may oyida Angliya Premer-Ligasi rahbariyati «Manchester Siti»ni 300 ming funt miqdorida jarimaga tortib, 2 yil davomida akademiya tarbiyalanuvchilari bilan shartnoma imzolashni taqiqlab qo‘ygan edi.

Avvalroq FIFA aynan shunday qoidabuzarliklar tufayli «Chelsi», «Real», «Barselona» va «Atletiko»ni transfer taqiqi bilan jazolagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz