Узбек O'zbek
Ikardi «Yuventus»da qancha maosh olishi ma’lum
Seshanba, 13 Avgust
7302

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi «Napoli», «Roma» va «Monako» klublari takliflarini rad etib, «Yuventus»ga o‘tmoqchi.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 26 yoshli argentinalik Turin klubi bilan 5 yillik shartnoma ustida kelishib olgan.

Kelishuga asosan Ikardi «Yuve»da bonuslar va soliqlardan tashqari yiliga 8 mln yevro maosh oladi.

Ta’kidlanishicha, Italiya chempioni o‘z hujumchilari Paulo Dibala va Mario Manjukichni sotganidan so‘ng, ularning sotuvlaridan tushgan mablag‘ evaziga Ikardi transferiga qo‘l urmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Inter»da Mauroga tegishli bo‘lib kelgan 9-raqam jamoaning yangi a’zosi Romelu Lukakuga o‘tgan.
 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz