Узбек O'zbek
Germaniya kubogi. «Bavariya» va «Volfsburg»da g‘alaba, «Hannover-96» musobaqani tark etdi.
Seshanba, 13 Avgust
1065

Germaniya kubogida 1-bosqich o‘yinlari davom ettirildi. Kubokning amaldagi sohibi «Bavariya» mehmonda «Energi» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Myunxenliklar tarkibida to‘plarni Levandovski, Koman va Goretskalar kiritishdi.

Shuningdek, «Volfsburg» va «Shtutgart» jamoalari ham mehmondan g‘alaba bilan qaytishdi, ikkala jamoa ham osonlikcha g‘alabaga erishgani yo‘q. «Volfsburg» qo‘shimcha bo‘limlarda 1 kishi kam o‘ynab g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, «Shtutgart» minimal hisobda g‘olib bo‘ldi. «Hannover-96» esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Germaniya kubogi, 1-bosqich
12 avgust

Energi –Bavariya 1:3
Gollar: 0:1 – 32 Levandovski, 0:2 – 65 Koman, 0:3 – 85 Goretska, 1:3 – 90+3, penalti, Taz

Gallesher – Volfsburg 3:5
Gollar: 1:0 –43  Volfgang Drinkut, 1:1 – 44 Vegorst, 1:2 – 49 Gerxardt, 2:2 – 57 Mai, 2:3 – 70 de Azevedo, 3:3 – 90+2 Fetch, 3:4 – 92 Knoxe, 3:5 – 94 Brekalo

Ganza – Shtutgart 0:1
Gol: 0:1 – 19 Al-Gaddioui

Karlsrue – Hannover-96 2:0
Gollar: 1:0 – 53 Grozurek, 2:0 – 61, penalti, Vanitsek

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz