Узбек O'zbek
«Galatasaroy» skautlari Shomurodovning o‘yinini kuzatishdi
Seshanba, 13 Avgust
7220

Futbol sharhlovchisi Nobel Arustamyanning xabar berishicha, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi skautlari «Rostov»-«Krilya Sovetov» o‘yini paytida mezbonlar hujumchisi Eldor Shomurodov va «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksand Sobolevlarni kuzatishgan.

Ushbu o‘yinda «Rostov» 1:0  hisobida g‘alaba qozondi, yagona golni esa Eldor Shomurodov kiritdi.

«Hamkasblarim efir paytida Rostovga Turkiyadan skautlar kelganini aytishdi, ammo aynan qaysi futbolchilarni kuzatgani kelishganini aniqlab berishmadi. Qo‘shimcha qilaman, «Galatasaroy» skautlari Sobolev va Shomurodovni kuzatishgan. Ammo turklar hozir o‘zbekistonlik hujumchini sotib olisholmaydi, chunki Eldorning narxi juda qimmat. «Rostov» hujumchisini sotmoqchi emas», – deb yozadi Arustamyan «tvitter»da.

Hozirgi vaqtda 24 yoshli Shomurodov va 22 yoshli Sobolev «Zenit» hujumchisi Artyom Zyuba bilan birgalikda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib borishmoqda. Ularning hisobida 4tadan gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz