Узбек O'zbek
Lempard David Luizning «Arsenal»ga transferi masalasida tushuntirish berdi
Seshanba, 13 Avgust
6777

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard himoyach David Luiz Londonning boshqa bir grandi – «Arsenal»ga qo‘yib yuborilganiga izoh berdi.

«Hech qanday ish tashlash yoki shunga o‘xshash boshqa nimadir bo‘lgani yo‘q, shunday ekan men buni darhol tushuntirib o‘tishni istardim.

David mashg‘ulotlarimizda qatnashmagan kuni men shunday qarorga kelgandim, chunki endilikda qanday yo‘l tutishimiz aniq bo‘lib ulgurgandi. Hozir qo‘l ostimda bor tarkibdan ko‘nglim to‘q va men bor e’tiborimni ularga qaratganman.

«Arsenal» uni o‘z safiga qo‘shib olishni istadi, shu bois biz bir qarorga kelishimiz kerak edi. David «Arsenal»ga o‘tadi va men jamoada mavjud futbolchilarga diqqat qarataman, degan qarorga kelindi.

Albatta, u yaxshi futbolchi, raqibimiz tarkibiga o‘tib ketdi. Lekin vaziyat shuni taqozo qildi», – degan Lempardning so‘zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Luizning «ko‘klar» bilan shartnomasi muddati tugashiga bir yil qolgandi. «To‘pchilar» uning uchun taxminan 8 mln funt to‘lashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz