Узбек O'zbek
Yeryomenko: «Shomurodov bu mavsumda 20 ta gol ura oladi»
Seshanba, 13 Avgust
5627

«Rostov» yarimhimoyachisi Roman Yeryomenko «Krilya Sovetov» bilan o‘yinda (1:0) g‘alaba goli muallifi bo‘lgan jamoadoshi Eldor Shomurodovni maqtadi va o‘yin bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin chindan og‘ir o‘tdi. Birinchi bo‘limda biz tez va zo‘r o‘ynadik, yaxshi hujumlar qildik, ammo ikkinchi bo‘limda biroz asabiylashdik va xatolarga yo‘l qo‘ydik. G‘alabadan xursandmiz va bu mavsumda birinchi bor o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubormadik.

Yangi 4-3-3 sxemasida o‘ynash yoqdi. O‘ylashimcha, o‘tgan mavsumdagi va bu mavsumdagi o‘yinlarimiz o‘rtasida farq bor. Yangi taktikada o‘ynash menga qulay bo‘lmoqda.

Shomurodov hozirning o‘zida o‘tgan mavsumdan ko‘proq gollar urdimi? Har o‘yinda shunday vaziyatlar yaratib beramiz-u, gol urmasinmi? (kuladi) Xudo xohlasa, shunaqa davom etadi. Eldor mavsum davomida 20ta gol urish uchun barcha imkoniyatlarga ega. U ishlashda davom etishi kerak», – deb Yeryomenkoning so‘zlarini keltirdi «Rostov» matbuot xizmati.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz