Узбек O'zbek
«Bavariya» Ivan Perishich transferini e’lon qildi
Seshanba, 13 Avgust
2380

«Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi.

Myunxen klubi 30 yoshli xorvatni to‘la sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.

«Germaniyaga qaytganimdan juda xursandman. «Bavariya» – Yevropadagi eng katta klublardan biri. Biz nafaqat Bundesliga va Germaniya kubogida, balki Chempionlar ligasida ham sovrin uchun kurashmoqchimiz», – dedi Perishich.

Ma’lumot uchun, Ivan 2015 yil yanvaridan buyon «Inter»da o‘ynab kelayotgandi. «Neradzurri» safida u jami 163ta o‘yinda qatnashib, 58ta gol urdi va 52ta golga hammuallif bo‘ldi.

Xavbek Milanga ko‘chib o‘tguniga qadar «Volfsburg», «Borussiya D», «Bryugge», «Ruselar» va «Sosho» kabi klublarda o‘ynagan.

U JCH finalida gol urgan ilk xorvatiyalik futbolchi sanaladi - o‘tgan yilgi mundial finalida (2:4) Fransiya darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» bosh murabbiyi Niko Kovach Perishichni yoshi tufayli tanqid qilish o‘rinsizligini ta’kidlagan, «Effenberg ham «Bavariya»ga 30 yoshida kelib, jamoani Chempionlar ligasida g‘alabaga boshlab borgani»ni misol qilib keltirgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz