Узбек O'zbek
«Barselona»ning yangi darvozaboni oktyabrgacha safdan chiqdi
Seshanba, 13 Avgust
1070

«Barselona»ning braziliyalik darvozaboni Neto bilagi singani sababli operatsiya qilindi. Bu jarayon muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi kataloniyaliklar rasmiy sayti.

Endi darvozabonning tiklanishi uchun 6-8 hafta kerak bo‘ladi. Shu sababli Neto oktyabrgacha safga qayta olmaydi.

Neto shu yil yozda «Valensiya»dan 26 mln yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Bu qiymat bonuslar bilan birga 35 mln yevroga ham yetishi mumkin. Braziliyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. 

29 yoshli darvozabon bungacha «Atletiko Paranaense», «Fiorentina» va «Yuventus» jamoalari sharafini himoya qilgan. Braziliya milliy jamoasida 1ta o‘yin o‘tkazgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz