Узбек O'zbek
«Barselona» rahbarlari bugun Parijga borishadi
Seshanba, 13 Avgust
6837

«Barselona» rahbarlari bugun Neymarning transferini muhokama qilish uchun Parijga borishadi. Bu haqda Sky Sports yozmoqda. Manbada aytilishicha, bu uchrashuvda transfer detallari hal qilinadi.

2 yil oldin «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevroga o‘tgan Neymar Kataloniya klubiga qancha pul evaziga qaytishi hozircha aniq emas. Katta ehtimol bilan kataloniyaliklar futbolchisi Filippe Koutino Parij klubiga o‘tadi va «Barselona» unga qo‘shib 80 million yevro to‘laydi.

Neymarni «Real» ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Madrid unga yillik 40 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar bor. Oldinroq «Barselona» yetakchisi Lionel Messi Neymarni ortga qaytarish uchun unga qo‘ng‘iroq qilgani aytilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz