Узбек O'zbek
«Atletiko» 55 mln yevroga «Real»ning sobiq hujumchisini sotib olmoqda
Seshanba, 13 Avgust
13828

«Valensiya» hujumchisi Rodrigo Moreno «Atletiko»ga o‘tmoqda, deb xabar tarqatdi AS.

Nashrning yozishicha, klublar 55 mln yevrolik transfer ustida kelishuvga erishishgan. Bugun, 13 avgust kuni, Moreno tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mo‘ljallangan.

Avvalroq Rodrigoga «Barselona» va «Napoli» ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli hujumchi «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi. «Valensiya» uni 2015 yilda «Benfika»dan 30 mln yevroga sotib olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz