Узбек O'zbek
O‘zil va Kolashinats kechayu kunduz qo‘riqlanmoqda
Dushanba, 12 Avgust
5524

«Arsenal» futbolchilari Mesut O‘zil va Sead Kolashinats kechayu kunduz qo‘riqlanmoqda.

Avvalroq ularning avtomobiliga noma’lum shaxslar hujum qilishgan edi.

Voqeadan bir necha kun o‘tgach, politsiya jinoyatchilarni O‘zilning uyi yaqinida ushladi. Sentyabr oyida ularni sud kutmoqda.

The Times xabariga ko‘ra, «Arsenal» futbolchilari Yaqin Sharqning jinoyatchi guruhi bilan mojaroga borishgan va dushman orttirib olishgan bo‘lishi mumkin.

Har ikkala futbolchi xavfsizlik choralari tufayli APL 1-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz