Узбек O'zbek
O‘zbekiston U16 jamoasi BAA bilan 2ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi 
Dushanba, 12 Avgust
551

O‘zbekiston U16 jamoasi 16-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Bu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari 20-26 avgust kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etadi. Unda jamoaga Turkiya, Serbiya va Rossiya o‘smirlar jamoalari raqib bo‘ladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston U16 jamoasi sentyabr oyida BAA o‘smirlar jamoasi bilan Toshkentda ham o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Bahslar 8 va 11 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘FA.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz