Узбек O'zbek
«Humo» xokkeychilari Rossiyadagi xalqaro musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi
Dushanba, 12 Avgust
1133

Nijegorod oblasti gubernatori kubogida uchinchi o‘rin uchun bahsda «Humo» xokkeychilari Minskning «Dinamo» jamoasini 5:1 (2:0, 3:0, 0:1) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar beradi «Torpedo» XK matbuot xizmati.

Uchrashuvdagi birinchi shayba 44-soniyada urildi - «Torpedo» sobiq himoyachisi Aleksey Pepelyayev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Keyinchalik «Dinamo» a’zolari to‘rt marta chetlatildi, buning uchun ular yana bitta o‘tkazib yuborilgan shayba bilan jazolandi. «Humo»ning ustunligi Ivan Yasenko tomonidan mustahkamlandi - 2:0.

Ikkinchi bo‘limda toshkentliklar g‘alabali odimi davom etdi. «Humo» o‘yinchilari - Yevgeniy Grigorenkoning dubli va Pavel Zdunovning shaybasi hisobni 5:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Uchinchi bo‘lim boshida «Dinamo» o‘yinda intrigani jonlantirdi. Aleksandr Pavlovich bitta shayba urdi, bir daqiqadan so‘ng esa minskliklar bullit huquqiga ega bo‘lishdi. Afsuski, Ivan Drozdov jarimani aniq amalga oshira olmadi va o‘yinga qaytish uchun yo‘l to‘sildi. Yevgeniy Popixin shogirdlari o‘yinni ishonchli tarzda yakunlashdi hamda o‘z yangi tarixidagi birinchi sovrinni qo‘lga kiritishdi. Uchinchi o‘rin uchun Kichik kubok Toshkentga yo‘l oldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz