Узбек O'zbek
Rossiya chempionati. «Lokomotiv» va «Spartak»da g‘alaba, «SSKA» esa yuta olmadi
Dushanba, 12 Avgust
2107

Rossiya Premer-Ligasida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Lokomotiv» o‘z uyida «Ural»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «SSKA» «Sochi» darvozasiga yo‘l topa olmadi. «Spartak» esa mehmondan g‘alaba bilan qaytdi. «Spartak»ning yangi a’zosi Andre Shyurrle jamoadagi debyut golini urdi.

Rossiya Premer-Ligasi, 5-tur
11 avgust

Arsenal Tula – Ufa 1:0
Gol: 1:0 – 28 Alvares

Lokomotiv Moskva – Ural 4:0 
Gollar: 1:0 – 17 Smolov, 2:0 – 28 Jemaletdinov, 3:0 – 76 Krixovyak, 4:0 – 78 Aleksey Miranchuk

Axmat – Spartak Moskva 1:3
Gollar: 0:1 – 32 Bakayev, 0:2 – 44 Bakayev, 0:3 – Shyurrle, 1:3 – 75 Mbengue

SSKA Moskva – Sochi 0:0 

Bugun (12 avgust) kuni bo‘lib o‘tadigan «Rostov» – «Krilya Sovetov» o‘yini bilan 5-tur o‘yinlari yakuniga yetadi. «Rostov» safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilishidan xabaringiz bor. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz