Узбек O'zbek
Perishich «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Dushanba, 12 Avgust
1740

Milanning «Inter» klubi vingeri Ivan Perishich «Bavariya»ga o‘tish arafasida, deb yozadi Bild.

Xabarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi Myunxen klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan va tez orada shartnoma imzolaydi.

Bungacha klublar 30 yoshli futbolchining ijarasi masalasida kelishib bo‘lgani, «Bavariya» uni 20 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olayotgani aytilgandi.

Perishich «neradzurri» tarkibida 2015 yildan beri harakat qiladi. Shu vaqtgacha jami 163ta o‘yin o‘tkazib, 40ta gol urgan va 37ta golga hammuallif bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz