Узбек O'zbek
Lukaku «Inter»dagi debyut o‘yinida pokerga erishdi
Dushanba, 12 Avgust
17062

«Inter» Italiyaning to‘rtinchi divizioni vakili «Virtus» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Manchester Yunayted»dan sotib olingan hujumchi Romelu Lukaku «neradzurri»dagi debyut o‘yinida to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

U milanliklar safiga o‘tguniga qadar «Yunayted»ning mavsumoldi kampaniyasida birorta ham o‘yinda qatnashmagan, biroz muddat vatani Belgiyada «Anderlext» klubida shug‘ullanib yurgandi.

Lukaku shanba kuni «Mestalya»da «Valensiya»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yiniga (1:1, pen. 6:7) tayyor emasligi bois bosh murabbiy Antonio Konte uni safarga olib ketmagan edi.

Ammo yakshanbada Romelu D Seriya vakili bilan nazorat bahsida poker qayd etdi. Undan tashqari Matias Vesino va Sebastyano Espozito dublga erishdi.

Ta’kidlash kerak, Lukaku oxirgi marta «MYU» safida «Sauthempton»ga gol urganiga besh oydan oshgan edi.

«Inter» A Seriyaning ilk turini 26 avgust kuni o‘z maydonida «Lechche»ga qarshi o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz