Узбек O'zbek
Deniel Jeyms: «MYU»dagi debyut o‘yinimda gol urishni orzu qilgandim»
Dushanba, 12 Avgust
2274

«Manchester Yunayted»ning yangi a’zosi, klubdagi rasmiy debyutini APL 1-turida «Chelsi»ga qarshi (4:0) o‘tkazib, gol urgan Deniel Jeyms uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Debyut o‘yiningda maydonga tushib, gol ursang o‘yin haqida xulosa gapirish oson emas ekan. Bu orzum edi. Ole o‘zimni ko‘rsatishga tayyor bo‘lib turishimni aytgandi. U o‘yna va o‘yiningdan rohat ol, deb aytdi.

Mavsumoldi tayyorgarlik davrida qo‘llab kelganlarimizni bugun yaxshi amalga oshira oldik – yuqori pressing qo‘llab, to‘pni egallab oldik. Hisob 3:0 va 4:0 bo‘lib turganda ham to‘pni yaxshi nazorat qildik. Bu bizga keyingi hafta uchun yaxshi kayfiyat beradi», – degan Jeymsdan iqtibos keltirdi BBC.

«Yunayted» keyingi turni 19 avgust kuni «Vulverhempton» maydonida o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz