Узбек O'zbek
Balotellining yangi klubi unga 5,4 mln yevro boshlang‘ich bonus to‘laydi
Dushanba, 12 Avgust
3245

Hujumchi Mario Balotelli va «Flamengo» o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan shartnomaning ba’zi shartlari ma’lum bo‘ldi.

Italyan matbuotiga ko‘ra, erkin agent maqomidagi futbolchi Rio-de-Janeyro shahri klubi bilan 2,5 yillik bitim tuzib, bu vaqt mobaynida jami 15,4 mln yevro ishlab oladi.

Balotelliga shartnoma imzolagani uchun 5,4 mln yevro bonus to‘lanadi, uning yillik ish haqi esa soliqlarni chegirib tashlaganda 4 mln yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Mario o‘tgan mavsumni «Marsel» tarkibida yakunlagan edi. U bundan oldin «Nitssa», «Milan», «Liverpul», «Manchester Siti» va «Inter» klublarida ham o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz