Узбек O'zbek
Superliga. «So‘g‘diyona» to‘xtamayapti, «Andijon» mehmonda g‘alaba qozondi
Yakshanba, 11 Avgust
3915

Superligada 16-turning yana ikki o‘yini Jizzax hamda Bekobodda o‘tkazildi. O‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilgan «So‘g‘diyona» Shohruz Norxonovning goli evaziga g‘alaba qozondi va g‘alabali seriyasini 3 taga yetkazib oldi.

Quyi pog‘onalarda borayotgan «Andijon» esa bu turda «Metallurg» mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba andijonliklarga «xavfli hudud»dan uzoqlashish imkonini berdi.

«METALLURG» — «ANDIJON» 0:2
Gollar: Shahzod Ubaydullayev (33), Davron Isoqov (90+1).

«Metallurg»: Zafar Safoyev, Akbar Ismatullayev, Shavkat Mullajonov (Sergey Tumasyan), Stanislav Andreyev, Abbos Otaxonov, Kamoliddin Tojiyev, Muzaffar Muzaffarov, Bahrom Abdurahimov, Suxrob Nurulloyev, Islom Isoqjonov, Bahodir Pardayev.

«Andijon»: Ruslan Matniyozov, Xushnud Avilov, Bobur Akbarov, Radosav Aleksich, Abror Husinov, Farhod Bekmurodov, Dilshod Rahmatullayev, Sardor Azimov, Qahramon Bahodirov, Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzod Ubaydullayev.

Chetlatish: Suhrob Nurulloyev (Metallurg).

«SO‘G‘DIYONA» — «QIZILQUM» 1:0
Gol: Shohruz Norxonov (45+2).
Jizzax. «So‘g‘diyona» stadioni, 7 002 tomoshabin.

«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziyev, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 88), Shohruz Norxonov (Muhammadanas Hasanov, 73), Jasur Hasanov, Ivan Nagvev.

«Qizilqum»: Yevgeniy Cheremisin, Lasha Totadze, Stevan Peter (Vohid Shodiyev, 46), Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Saidjamol Davlatjonov, 85), Aziz Usmonov, Ruslan Margiyev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov, Alisher Sanoyev.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz