Узбек O'zbek
Saudiya klubiga o‘tishni istamagan Riberi A Seriyaga borishi kutilmoqda
Yakshanba, 11 Avgust
1427

O‘tgan mavsum yakunida «Bavariya»dan ketgan fransiyalik Frank Riberi Osiyo klubining taklifini qabul qilmagan. Unga Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi taklif bilan chiqqan, ammo fransiyalik futbolchi Yevropada qolishni xohlagan.

Riberiga shuningdek Niderlandiyaning PSV hamda Rossiyaning «Lokomotiv» klublari ham taklif bilan chiqqan, ammo Riberi ular bilan muzokara o‘tkazishni istamagan. Riberi ayni damda Italiyaning «Fiorentina» klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda va fransiyalik futbolchi faoliyatini aynan A Seriya klubida davom ettirishi kutilmoqla.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz