Узбек O'zbek
Sarri: «Men odatda mavsumni omadsiz boshlayman»
Yakshanba, 11 Avgust
2272

«Yuventus» bosh murabbiyi Xalqaro Chempionlar kubogi doirasida «Atletiko»ga qarshi (1:2) Stokholmda kechgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida shogirdlarining harakatlaridan ko‘ngli to‘lganini aytib, odatda Italiyada mavsumni u qadar ham omadsiz boshlay olmasligini eslab o‘tdi.

«Jamoam o‘yinidan to‘la qoniqish hosil qildim, ayniqsa birinchi bo‘limda ularning o‘z ishlariga qanday munosabatda bo‘lishganidan ko‘nglim to‘ldi. Qolaversa, biz o‘zimizdan ko‘ra yaxshiroq jismoniy tayyorgarlikka ega raqiba qarshi o‘ynadik.

Ikkinchi golga o‘xshash gollarni o‘tkazib yubormasligimiz kerak, lekin bu ham mavsumoldi tayyorgarligining bir qismi. Birinchi bo‘limda to‘p bilan texnik jihatdan yaxshi ishladik, bunaqasini ancha vaqtdan buyon ko‘rmagandim.

Odatda men mavsumni omadsiz boshlayman. «Chelsi»ni hisobga olmaganda – men u yerda APLga yangi kelgan murabbiy uchun rekord darajadagi uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etgandim. Italiyada esa dastlabki haftalarda doim qiyinchilikka uchraganman», – degan Sarrining so‘zlarini keltirdi Football Italia.

Ma’lumot uchun, amaldagi chempion A Seriyani 24 avgust, shanba kuni «Parma» maydonidagi o‘yin bilan boshlaydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz