Узбек O'zbek
Sarri: «Dibalaning kelajagini men hal qilmayman. Lekin 6ta futbolchini sotishimiz kerak»
Yakshanba, 11 Avgust
4062

«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Paulo Dibalaning kelajagi haqida gapirdi.

«Dibala jami 2ta mashg‘ulotda qatnashdi, shuning uchun u haqida gapirishga erta. U hali yaxshi formada emas. Dibalaning ketishini men hal qilmayman. Ammo biz 6ta futbolchini sotishimiz kerak.

Men barchani saqlab qolishni xohlardim, ammo Chempionlar Ligasi qaydnomasiga faqat 22ta futbolchi va 3ta darvozabonni kirita olamiz. Shuning uchun ketishni istaganlar bo‘yicha qaror qabul qilishimiz kerak. Yana bizda klub tarbiyalanuvchilari ham juda oz.

Bizni transfer oynasi yakunigacha bo‘lgan og‘ir 20 kun kutmoqda. Ayrim futbolchilardan ayrilib, tavakkal qilishga majburmiz», – deya Sarrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz