Узбек O'zbek
Rugani bo‘lajak klubi bilan kelishib oldi, bu «Arsenal» emas
Yakshanba, 11 Avgust
2799

«Yuventus» himoyachisi Daniele Rugani «Roma»ga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.

Nashrga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi Rim klubi bilan kelishib olgan. Endilikda klublar o‘zaro kelishuvga erishishlari kerak.

«Roma» 25 yoshli italyanni dastlab ijaraga olib, so‘ng 25 mln yevroga sotib olishni xohlayapti.

Kelishuvga asosan, Ruganining poytaxt klubidagi maoshi yiliga 3 mln yevrona tashkil qiladi.

Avvalroq matbuotda Daniele Londonning «Arsenal» klubiga ikki yillik ijara asosida o‘tishi va muddat yakunida «to‘pchilar» uni 40 mln yevroga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» Ruganini 2015 yil fevralida «Empoli»dan 5 mln yevroga sotib olgan. O‘tgan mavsumda u A Seriyaning 15ta o‘yinida qatnashib, ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz