Узбек O'zbek
«Real» Zidanga jurnalistlar bilan gaplashishni vaqtincha taqiqladi
Yakshanba, 11 Avgust
3488

«Real» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning matbuot vakillari bilan muloqotlarini kamaytirishga qaror qildi, deb yozadi AS.

Manbaning xabariga ko‘ra, klub Zidanni matbuot vakillari bilan intervyularda haddan ziyod ehtiroslarga berilib ketmoqda, deb hisoblamoqda. Shuning uchun Zidan bugun bo‘lib o‘tadigan «Roma»ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida qatnashmaydi.

Italiya poytaxtidagi «Stadio Olimpiko»da kechadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Bu «qaymoqranglilar»ning mavsumoldi tayyorgarlik davridagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi.

«Qirollik klubi» yangi mavsumni La Liganing ilk turida 17 avgust kuni «Selta» mehmoni bo‘lish bilan boshlaydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz