Узбек O'zbek
Konte: «Lukakuning sotib olinishi «Inter» uchun zo‘r transfer bo‘ldi»
Yakshanba, 11 Avgust
1558

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning yangi a’zosi Romelu Lukaku haqida fikr bildirdi. Avgustning boshida italyan klubi 26 yoshli hujumchini «MYU»dan 65 mln yevroga sotib olgandi.

«Romelu jismoniy va taktik jihatdan zo‘r berib ishlashi kerak. U «Inter» o‘yiniga moslashishi lozim. Bu, shubhasiz, eng ajoyib transfer bo‘ldi. Biz juda xursandmiz. Romelu mavsum boshiga kuchli istak bilan tayyorgarlik ko‘ryapti», – dedi Konte klub kanaliga bergan intervyusida.

Lukaku 2017 yildan 2019 yilgacha «Manchester Yunayted» safida harakat qildi. Ungacha esa «Everton», «Chelsi», «Vest Bromvich» va «Anderlext» jamoalari sharafini himoya qilgan.

O‘tgan mavsumda Romelu klublar miqyosidagi 45ta o‘yinda qatnashib, 15ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz