Узбек O'zbek
APL. «Arsenal» g‘alaba bilan boshladi, «Lester» o‘z maydonida yuta olmadi
Yakshanba, 11 Avgust
2615

APLda 1-turning yana ikki o‘yini yakunlandi. «Nyukasl» mehmoni bo‘lgan «Arsenal» Per-Emerik Obameyangning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Enzli Meytlend-Naylz uzatgan to‘pni gabonlik futbolchi sovuqqonlik bilan golga aylantirdi.

Turning yana bir o‘yini «King Pauer» stadionida o‘tkazildi. O‘z maydonida «Vulverhempton»ni qabul qilgan «Lester» golsiz durangga rozi bo‘ldi. Turni soat 20:30 da boshlanadigan «Chelsi» - «MYU» o‘yini yakunlab beradi.

APL. 1-tur

Nyukasl – Arsenal 0:1
Gol: Obameyang (58).
Nyukasl: Dubravka, Sher, Dammett, Lassels, Mankilo, Ritchi, Shelvi (Villems, 54), Xeyden, Longstaff (Sen-Maksimen, 67), Almiron, Joelinton.
Arsenal: Leno, Chembers, Monreal, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Genduzi, Chaka, Uillok (Sebalos, 64), Mxitaryan (Martinelli, 84), Nelson (Pepe, 71), Obameyang.

Lester – Vulverxempton 0:0 
Lester: Shmeyxel, Evans, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Chiluell, Meddison, Tilemans, Chouduri (Barns, 61), Ndidi, Peres (Olbrayton, 76), Vardi.
Vulverhempton: Ruy Patrisiu, Kastro, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu, Dendonker, Ruben Nevesh (Saiss, 81), Bennett, Ximenes, Diogu Jota (Kutrone, 76).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz