Узбек O'zbek
«Roma» «Real» hujumchisini ijaraga olmoqchi
Shanba, 10 Avgust
2364

«Real» hujumchisi Mariano Dias faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli hujumchining xizmatlariga «Roma» qiziqmoqda. Rim klubi Diasni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Hujumchi «Real» yoshlari tarkibiga 2011 yili kelib qo‘shilgan. U 2016 yil 26 oktabrda Madrid klubida debyut qiladi va shu o‘yinning o‘zidayoq gol uradi. Mariano 2017 yil 30 iyunda «Lion»ga 8 mln yevro evaziga o‘tadi. 2018 yili «Real» 21,5 mln yevro to‘lab, futbolchini qaytarib oladi. Dias o‘tgan mavsumda 22ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz