Узбек O'zbek
«PSJ» «Barselona»ga Neymar transferi yuzasidan shartini aytdi
Shanba, 10 Avgust
1547

«Barselona»da Neymarni qaytarishga yana imkoniyat paydo bo‘ldi, deb yozadi Goal.

Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar rahbariyati kataloniyaliklarga 27 yoshli futbolchi transferi borasida o‘z talablarini oshkor qilgan. 
Fransiyaning grand jamoasi braziliyalik uchun 50 mln yevro, shuningdek, himoyachi Nelson Semedu va yarimhimoyachi Filippe Koutinolarni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Neymarga «ko‘k-anorranglilar»dan tashqari «Real» ham da’vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz