Узбек O'zbek
Perishich «Bavariya»ga bir shart bilan o‘tishga rozi
Shanba, 10 Avgust
2459

«Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich «Bavariya»ga o‘tishga tayyor.

Sky Sports xabariga ko‘ra, myunxenliklar «neradzurri» bilan xorvatiyalikning 1 yillik ijarasini kelishib olishgan.

Ammo Perishich «Bavariya» oldiga shart qo‘ygan: myunxenliklar uni kelasi yil yozida to‘liq sotib olishi lozim. Futbolchi o‘z kelajagi bo‘yicha oydin tasavvurga ega bo‘lishni xohlayapti.

Perishich «Inter» tarkibida 2015 yildan beri to‘p tepmoqda. U jami 163ta o‘yinda maydonga tushib, 40ta gol urgan va 37ta golga hammualliflik qilgan. Uning transfer qiymati 30 million yevroga teng.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz