Узбек O'zbek
«Paxtakor» xohlaganicha gol urgan va g‘alabani samoda sochilgan yulduzlarga bag‘ishlagan o‘yindan fotogalereya
Shanba, 10 Avgust
1886

Bugun, 10 avgust kuni Superligada navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. «Paxtakor» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu «Paxtakor» uchun o‘zgacha o‘yin edi. Chunki bundan roppa-rosa 40 yil avval «Paxtakor» futbolchilari aviahalokatga uchragan va 17 «Paxtakor»chi samoga sochilgandi...

Shu bois bu bahsga «Paxtakor» g‘alaba qozonishni qattiq xohlab tushdi. Shu kuni raqib «Buxoro» ham poytaxtliklarga aytarli qarshilik qila olmadi. Sergeyev bitta, Cheran va Bikmayev ikkitadan gol urishdi. Ammo gollardan birortasi 79-daqiqada urilmadi. «Paxtakor» futbolchilari gollari va g‘alabani 1979 yil 11 avgust kuni halokatga uchragan «Paxtakor»chilarga bag‘ishlashdi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va e’tiborli holatlarni kadrga joyladi. Quyida «Paxtakor» — «Buxoro» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz