Узбек O'zbek
«Qo‘qon-1912» Samarqandda bir kishi kam bo‘lib irodali g‘alaba qozongan o‘yindan fotogalereya
Shanba, 10 Avgust
968

Bugun, 10 avgust kuni Superligada 16-tur o‘yinlari boshlandi. Turning qiziqarli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tkazildi. Mahalliy «Dinamo» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi.

Qo‘qonliklar o‘yinning 35-soniyasida urilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi. «Qo‘qon-1912» o‘yinning 64-daqiqasidan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Vadim Agishev tayanch zonasi vakili Sobit Sindorovga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘qonliklar g‘alabani saqlab qolishdi.

O‘yinni Temur Kopadze ham stadiondan kuzatdi. Bu esa uning «Qo‘qon-1912»ga murabbiy bo‘lishi haqidagi gaplar bejizga aytilmaganini isbotladi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Kopadze chindan maslahatchi murabbiy bo‘lib Qo‘qon jamoasida ishlayotgan ekan. Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz