Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayev qamoqxonada futbol o‘ynadilar
Shanba, 10 Avgust
3366

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev yana futbol maydoniga qaytishdi.

Belgorod viloyatining 4-son ahloq tuzatish koloniyasida mahbuslardan iborat «Oltin yo‘lbars» va Professional futbol ligasi vakili bo‘lmish «Salyut» jamoalari o‘rtasida futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mahbuslar tarkibida Kokorin va Mamayev ham maydonga tushishdi. Unda «Oltin yo‘lbars» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Pavel Mamayev o‘yinda het-trikni qayd qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktyabr kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.

8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Futbolchilarning oktyabr – noyabr oylarida ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz