Узбек O'zbek
«Yuventus» «Napoli» muxlislariga chipta sotmadi
Juma, 09 Avgust
2634

«Yuventus» o‘z maydonida o‘tkaziladigan «Napoli»ga qarshi o‘yin chiptalarini qat’iy cheklovlar bilan sotmoqda.

Xususan, chiptalar Neapol shahri va Kampaniya viloyati aholisiga sotilmayapti. Hatto Kampaniya viloyatida tug‘ilib, boshqa shaharlarda yashayotgan odamlar ham chipta ololmayapti.

«Yuventus» o‘z qarorini xavfsizlik choralari bilan izohlamoqda. 

Neapol shahrining ma’muriyati esa buni boshqa viloyat aholisiga nisbatan kamsitish deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» va «Napoli» muxlislari o‘rtasida ko‘p yillik tajanglik mavjud. Shu tufayli ham bu jamoalarning har ikkala shahardagi o‘yinlarida mehmonlarga chipta sotilmaydi.

«Yuventus» - «Napoli» o‘yini 31 avgust kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz