Узбек O'zbek
«Yuventus» Dibalani qaysi klubga sotishni istayotgani ma’lum bo‘ldi
Juma, 09 Avgust
9450

Paulo Dibalaning «Yuventus»dan ketishi ehtimoli hamon saqlanib qolmoqda.

The Independent`ning ma’lum qilishicha, «Tottenhem» yoki «Manchester Yunayted»ga transferi amalga oshmay qolgach, Turin klubi uni «PSJ»ga sotishni istayapti.

O‘z navbatida Fransiya chempioni Neymar bilan xayrlashgan taqdirda Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Avvalroq «PSJ» Dibala uchun 60 mln yevrolik taklif bilan chiqishga ulgurgani, ammo «Yuve» argentinalik hujumchi uchun 70 million so‘rayotgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz