Узбек O'zbek
«PSJ» Dibalaga katta maosh taklif qilmoqchi
Juma, 09 Avgust
2684

«PSJ» mutasaddilari va «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalaning agenti o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, fransuz klubi argentinalikka 5 yillik shartnoma taklif qilib, yiliga 12 mln yevro (soliqlardan tashqari) maosh to‘lashga tayyor.

Qo‘shimcha qilinishicha, bir paytning o‘zida «Yuventus»dagilar Pauloni «Inter» hujumchisi Mauro Ikardiga ayirboshlash variantini ham ko‘rib chiqishyapti.

Avvalroq «PSJ» Dibala uchun 60 mln yevro taklif qilgani, ammo Turin jamoasi 70 million so‘rayotgani xabar qilingan, shuningdek, «Yuve» 10-raqam egasini aynan Parij grandiga sotish niyatida ekani aytilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz