Узбек O'zbek
Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Hozir bizda teng kuchga ega 2ta tarkib mavjud»
Juma, 09 Avgust
2653

Bugun, 9 avgust kuni Dushanbeda Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan «CAFA U-19 Championship-2019» musobaqasi start oladi.

Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Musobaqa oldidan O‘FA rasmiy saytida O‘zbekiston U-19 termasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayevning fikrlari keltirib o‘tildi.

«Birinchi navbatda Tojikiston futbol federatsiyasi va musobaqa tashkilotchilariga yaxshi kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun mazkur musobaqa joriy yil hisobidan dastlabki xalqaro turnir bo‘ladi. Har oy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etib kelyapmiz. May oyida berlinlik tengqurlarimizga qarshi o‘yin o‘tkazdik.

Dushanbedagi musobaqaga mamlakat Superligasida o‘ynayotgan bir qator o‘yinchilarimizni olib kelmadik. Shunday bo‘lsa-da, bu yoshdagi avlodda ancha kuchli futbolchilar to‘plangan.

Ayni paytda bizda 2ta teng kuchga ega tarkib mavjud, har bir o‘yinchi sherigining o‘rnini bosa oladi», – deydi G‘ulomxo‘jayev. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz