Узбек O'zbek
OKMK futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2-turida g‘alaba qozondi
Juma, 09 Avgust
1876

7 avgust kuni Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Unda qit’amizning eng kuchli 16ta klubi ishtirok etmoqda. 

Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning OKMK klubi himoya qilyapti. Hamyurtlarimiz B guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, «Tay Son Nam» (Vetnam), «Naft al-Vasat» (Iroq) va «Ar-Rayyan» (Qatar) klublariga qarshi bahs olib borishadi. 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga yo‘l olishadi.

OKMK dastlabki turda Vetnamning «Tay Son Nam» klubiga qarshi o‘ynadi va 1:4 hisobida yutqazgan edi. 2-turda olmaliqliklar Iroqning «Naft al-Vasat» klubini 5:3 hisobida mag‘lub etishdi.

2 turdan so‘ng «Tay Son Nam» 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. OKMK va «Naft al-Vasat» hisobida 3 ochko bor, «Ar-Rayyan» hozircha ochkosiz.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
V guruhi 

7 avgust
«Tay Son Nam» (Vetnam) – OKMK (O‘zbekiston) 4:1
Gollar: Tri (11), Tran Tay (29, 33) Shimizu (21) — Akbar Usmonov (5)

9 avgust
OKMK (O‘zbekiston) – «Naft al-Vasat» (Iroq) 5:3

11 avgust
«Ar-Rayyan» (Qatar) – OKMK (O‘zbekiston)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz