Узбек O'zbek
Moskva klubi «Borussiya Dortmund»dan hujumchi Maksimilian Filippni sotib oldi
Juma, 09 Avgust
1409

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Maksimilian Filipp Moskvaning «Dinamo» jamoasi a’zosiga aylandi.

Rus klubi rasmiy saytiga ko‘ra, 25 yoshli nemis bilan 4 yillik shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlari ma’lum qilinmadi.

Filipp yangi jamoasida 5-raqamda o‘ynaydi.

Transfer tasdiqlanguniga qadar Bild nashri «Dinamo» Maksimilian uchun «Borussiya»ga 20 mln yevro to‘lashi haqida xabar tarqatgan.

Ma’lumot uchun, Filipp o‘tgan mavsum Bundesliganing 18ta turida qatnashib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz