Узбек O'zbek
Lukaku: «Inter»da o‘ynash hammaga ham emas»
Juma, 09 Avgust
7428

«Inter» tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi, «Manchester Yunayted»dan 65 mln yevroga sotib olingan Romelu Lukaku Milanning bu klubida o‘ynash hammaga ham nasib etavermaydi, degan fikrda.

«Inter» – men o‘tishni xohlayotgan yagona klub edi, chunki bu klubda o‘ynash hammaga ham emas. Men «neradzurri»ni cho‘qqiga qaytarish uchun keldim», – degan belgiyalikning so‘zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

«Bu yerda ekanimdan juda xursandman! Qo‘llab-quvvatlov uchun tashakkur. Forza «Inter», – deb yozdi Lukaku «Instagram» sahifasida.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, shuningdek, «Manchester Yunayted» futbolchilari, murabbiylari, xodimlari va muxlislariga minnatdorlik bildirib, jamoaga omad tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Romelu «Inter» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz