Узбек O'zbek
Leroy Sane uzoq muddatga safdan chiqdi
Juma, 09 Avgust
3752

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Leroy Sane jarrohlik stoliga yotadi.

VVS xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining tizzasidagi xochsimon paylar uzilib ketgan. Odatda bunday jarohatdan tiklanib olish uchun kamida 6 oy muxlat kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Sane Angliya Superkubogidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi bahsda og‘ir jarohat olgan edi.

Avvalroq uning «Bavariya» o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa bu transfer so‘roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz