Узбек O'zbek
14 bokschidan 14ta medal, 10ta oltin. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekistonga ataldi
Juma, 09 Avgust
6718

Kuvaytda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasining mutlaq ustunligi bilan yakunlandi.

Kecha, 8 avgust kuni final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda 14ta vazn toifasidan 12tasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarildi.

Bu 12 bokschidan 10 nafari finalda ham g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoaning ikki a’zosi kumush, yana ikki vakili bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, Bekzod Xidirov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining barcha 14 a’zosi medal bilan ortga qaytadigan bo‘ldi. Delegatsiya joy olgan samolyot 9 avgustdan 10 avgustga o‘tar kechasi soat 02:30da Toshkentga qo‘nadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan o‘zbekistonlik yosh bokschilar ro‘yxatini taqdim etdi.

Oltin:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To‘laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov 
-52 kg: Dalerjon Bozorov 
-55 kg: Jahongir Narziyev
-61 kg: Mirzob Nekboyev 
-64 kg: Shavkatjon Boltayev

Kumush:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov 
-67 kg: Shahboz Hamidullayev

Bronza:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev 
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev

Oltin medallar taqsimoti:
10 - O‘zbekiston
2 - Qozog‘iston
2 - Hindiston

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz