Узбек O'zbek
Shomurodov – SSKA nishonida. Ammo uning agenti rus klublaridan takliflar ko‘rib chiqilmasligini aytdi
Payshanba, 08 Avgust
8584

SSKA hujumchi Fyodor Chalovni sotib yuborgan taqdirda uning o‘rniga «Rostov»dan Eldor Shomurodovni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Betting Insider Moskva klubiga yaqin manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, «Rostov» ayni paytda o‘zbekistonlik hujumchisi bilan xayrlashish niyati yo‘q.

Shomurodovning agenti Kaxor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Eldor rus klublariga o‘tmoqchi emas.

«SSKA – Rossiyaning eng obro‘li jamoalaridan, lekin biz RPL klublari takliflarini ko‘rib chiqmaslikka kelishib olganmiz. U o‘zini Yevropada sinab ko‘rmoqchi.

Bunday takliflar bor. Ammo biz «Rostov»ni hurmat qilgan holda transfer shartlari va vaqti bo‘yicha qarorni ular qabul qilishlari kerak, deb hisoblaymiz», – dedi agent «Sport-Ekspress» muxbiri bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Shomurodov Rossiya chempionatining ortda qolgan 4ta turida qatnashib, 3ta gol urdi. U iyun oyida klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSKA Fyodor Chalov bo‘yicha «Kristal Pelas»ning 23 mln funtlik taklifini qaytargani ma’lum bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz