Узбек O'zbek
Lukakuning «Inter»ga transferi qiymati ma’lum bo‘ldi
Payshanba, 08 Avgust
4623

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku tez orada «Inter» a’zosiga aylanishi kutilmoqda.

BBC va The Telegraph`ning ma’lumot berishicha, «neradzurri» belgiyalik futbolchi uchun «MYU»ga 80 mln yevro to‘laydigan bo‘lgan. Ingliz nashrlaridan farqli o‘laroq, Sky Sport Italia va Sportitalia transfer qiymatini 75 mln yevro deb ko‘rsatgan.

Tuttomercatoweb`ning aniqlashicha, Romelu Milanda yiliga 9 mln yevro maosh olishi aytilyapti.

Ayni paytda Sport Mediaset, Corriere dello Sport va ANSA kabi OAVlar bu 9 millionlik maosh ichiga bonuslar ham qo‘shilgani haqida xabar berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz