Узбек O'zbek
Lukaku Milanga keldi
Payshanba, 08 Avgust
3920

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku Milanga keldi, deb xabar tarqatdi Goal.

Bu belgiyalik futbolchining «Inter»ga transferi bo‘yicha ishlar yakunlanish arafasida turganini anglatishi mumkin.

Lukakuning o‘zi «Yunayted»da ish tashlash e’lon qilgan va o‘zini qo‘yib yuborishlarini talab qilmoqda. Avvalroq u vataniga borib, «Ayntraxt» mashg‘ulotlarida qatnashib yurgan, buning uchun «MYU» uni 400 ming funt jarimaga tortgan edi.

Qayd etish kerak, bugun - Angliyada transfer oynasining so‘nggi kuni. Ertadan boshlab APL klublari futbolchilarni sotishi mumkin, ammo yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Shu bois «qizil iblislar» Lukaku o‘rniga boshqa hujumchi topishga shoshilishlari talab etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte kuni kecha bergan jurnalistlar bilan suhbatda «Chelsi»ni boshqargan vaqtida ham Lukakuni sotib olishga uringanini tan olgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz