Узбек O'zbek
Kanchelskis: «O‘zbekistonda futbolchilarning jarohat olmasligi uchun qo‘y so‘yib, qurbonlik qilinadi»
Payshanba, 08 Avgust
4554

«Navbahor» klubining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq voqealar to‘g‘risidagi Match TV o‘quvchilariga gapirib berdi.

«O‘zbekistonda qo‘y so‘yib, qurbonlik qilish odatga aylangan. Bunga bemalol qarab tura olaman. Vaholanki, ba’zilar yuzini o‘girib olishadi.

Nega qurbonlik qilishadi? Musulmonlarning urf-odati shunaqa. Qo‘yni bo‘g‘izlab, qonini futbol maydonchasidagi chuqurchaga to‘kishadi. Futbolchilar jarohat olmasligi uchun shunday qilishadi. Darhaqiqat, «Navbahor»da ishlaganimda futbolchilardan birortasi jarohat olmagan», - deb Kanchelskis so‘zlarini keltirmoqda Match TV sayti.

Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis 2018-2019 yillarda «Navbahor»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Superliga bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz