Узбек O'zbek
«Inter» Romelu Lukaku transferini e’lon qildi
Payshanba, 08 Avgust
4402

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku «Inter»ga o‘tdi.

Milanliklar futbolchining shartnomasi shartlarini e’lon qilishmadi.

Avvalroq, «Inter» Lukaku uchun 75 million funt berishga rozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Lukaku 2017 yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Avvalroq u «Anderlext», «Chelsi», «Vest Bromvich» va «Everton» klublarida ham o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi «MYU» tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz