Узбек O'zbek
SSKA 23 millionga ham ko‘nmay, Chalovni APLga qo‘yib yubormadi
Payshanba, 08 Avgust
2132

SSKA hujumchisi Fyodor Chalov «Kristal Pelas»ga o‘tmaydigan bo‘ldi.

«Sport-Ekspress» ma’lumotiga ko‘ra, Moskva klubi 21 yoshli futbolchini 23 mln funtga sotishga ko‘nmagan.

SSKA Chalovni sotib yuborgan taqdirda tarkibda birorta ham hujumchi qolmasligi, qisqa vaqt ichida unga munosib o‘rinbosar topilmasligidan xavotiri bois taklifni rad etgani aytilmoqda.

O‘tgan hafta «Kristal Pelas» Chalov uchun 15 mln yevrolik taklifiga rad javobini olgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Fyodor «armiyachilar»ning o‘z tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 2017 yildan beri o‘ynayapti.

9-raqam egasi o‘tgan mavsumda klublar miqyosida 37ta o‘yinda ishtirok etib, 17ta gol va 7ta assist muallifi bo‘ldi. U 15ta gol bilan Rossiya Premer-ligasining to‘purariga aylangandi.

Chalovning «SSKA» bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz