Узбек O'zbek
G‘arbiy Osiyo chempionati. Bahraynni yenga olmagan Saudiya Arabistoni final yo‘llanmasini boy berdi
Payshanba, 08 Avgust
1570

Saudiya Arabistoni milliy jamoasi G‘arbiy Osiyo chempionatida guruh bosqichining ikkinchi turini Bahraynga qarshi o‘tkazib, golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Bu natija bilan saudiyaliklar final yo‘llanmasini muddatidan oldin boy berib bo‘ldi.

Jamoa ilk turda Kuvaytga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Erve Renar shogirdlari 3-turda o‘zlari kabi muddatidan oldin finaldan umid uzgan Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, G‘arbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi shafeligida Iroqda o‘tayotgan turnirda 9ta jamoa qatnashmoqda. Guruh bosqichidan keyin darhol ikkala guruh g‘oliblari finalda to‘qnash kelishi bilan musobaqaga yakun yasaladi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni JCH-2022 saralashida O‘zbekiston milliy jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan. Fransiyalik murabbiy Erve Renar terma jamoani o‘tgan oy oxirida qabul qilib olgan edi.

G‘arbiy Osiyo chempionati
Karbala, Erbil (Iroq)
«A» guruhi
Iroq – Livan 1:0
Yaman – Falastin 0:1

Falastin – Iroq 1:2
Livan – Suriya 2:1

Suriya – Yaman 1:1
Livan – Falastin 0:0

Yaman – Livan (8 avgust)
Suriya – Iroq (8 avgust)

Falastin – Suriya (11 avgust)
Iroq – Yaman (11 avgust)

«B» guruhi
Iordaniya – Bahrayn 0:1
Saudiya Arabistoni – Kuvayt 1:2

Bahrayn – Saudiya Arabistoni 0:0
Kuvayt – Iordaniya 1:1

Iordaniya – Saudiya Arabistoni (10 avgust)
Kuvayt – Bahrayn (10 avgust)

Final – 14 avgust

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz