Узбек O'zbek
OCHLdagi Doha derbisida hakamning qarori Xavini g‘azablantirdi
Chorshanba, 07 Avgust
6186

«As-Sadd» ustozi Xavi murabbiy sifatida xalqaro maydonda debyut qildi. Klub Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalida Dohaning boshqa bir jamoasi –«Al-Duhayl» bilan to‘qnash keldi.

Qatar poytaxtining Duhayl tumanida kechgan dastlabki uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yin oxirida hakam bahsli vaziyatda to‘p mezbonlar himoyachisi qo‘liga tegmagan deb topdi va penalti belgilamadi. Bundan jahli chiqqan Xavi suv idishini tepib yubordi. Idish bilan birga Xavining krossovkasi ham uchib ketdi. 

Javob uchrashuvi 13 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Xavi may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlab, o‘zi 3 yildan buyon o‘ynab kelgan «As-Sadd»da bosh murabbiy sifatida ish boshlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz