Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» Lukakuni jarimaga tortdi
Chorshanba, 07 Avgust
3944

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati hujumchi Romelu Lukakuni 400 ming funt miqdoridagi jarimaga tortdi.

Futbolchi 6 avgust kuni klub qarorgohiga borishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etishi lozim edi. Ammo u Manchesterga qaytmasdan, «Anderlext» tarkibida shug‘ullanayotgani bois shu tarzda jazolandi, deb xabar beradi Mirror. 

Avvalroq Lukaku klubga boykot e’lon qilgani va o‘zini sotib yuborishlarini talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Lukaku xizmatiga «Inter» va «Yuventus» qiziqyapti. Turinliklar hujumchini Paulo Dibala bilan almashtirmoqchi edi, ammo argentinalik «Manchester Yunayted»ga o‘tishni istamadi.

Lukaku 2017 yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq u «Anderlext», «Chelsi», «Vest Bromvich» va «Everton» klublarida ham o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi «MYU» tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz